Xonandalar Farhod va Shirin bir-biriga bo‘lgan munosabatlari haqida ma’lum qildi

| 2019-09-16 15:33 | Shirin Farhod | Ommabop yangiliklar

Farhod va Shirin dueti ishtirokchilari hamma vaqt birga. Ularni nafaqat ovoz yozish studiyasida, balki salon, sportzalda ham birga ekanliklarini aytib o‘tishadi. Qo‘shiqchilar “Ledi” gazetasiga bergan intervyusida bir-biriga bo‘lgan munosabatlari haqida ma’lum qildi, deb xabar beradi “Darakchi.uz”.

“Biz Shirin bilan bir-birimizga juda bog‘langanmiz. Ammo muhabbat aka-singil va do‘stlar o‘rtasida ham bo‘lishi mumkin-ku! Biz u bilan qarindoshlardekmiz. Shu bilan birga Shirin bilan ko‘nglimiz yaqin”, — deydi Farhod.

“Yevropa shou-biznesidagi mashhur duetlarga qarang: ularning har birining o‘z shaxsiy hayoti bor. Biroq bu ularning birga ijod qilishiga to‘sqinlik qilmaydi. Aksariyat muxlislarning fikricha, biz Farhod bilan sahnada Navoiyning asaridagi sevishganlarga o‘xshaymiz. Axir biz sahnada artistlarmiz. Mening Farhodga bo‘lgan muhabbatim do‘stga, akaga nisbatan bo‘ladigan muhabbat”, — deya qo‘shimcha qildi Shirin.