Farhod va Shirin nima uchun "Farhod va Shirin” filmida suratga tushmaganiga izoh berdi

| 2019-09-16 16:00 | Shirin Farhod | Ommabop yangiliklar

Farhod va Shirin dueti "Bekajon” gazetasiga bergan intervyusida nima uchun "Farhod va Shirin” filmida suratga tushmaganiga izoh berdi.
Farhod: "Bizga ushbu filmda rol ijro qilishni taklif etishdi, lekin ijodiy guruhimizga ssenariy ma’qul kelmadi. Shuning uchun ham biz kinoda rol ijro etishni rad etdik”.

Shirin: "Shirin deganda tasavvurimga ibo-hayoli, kamtarin qiz keladi. Lekin ssenariyni o‘qiganimda bu tasavvurimga to‘g‘ri kelmadi va uni rad etishga majbur bo‘ldik”.

Eslatib o‘tamiz, "Farhod va Shirin” filmining premyerasi 2015-yil fevral oyida bo‘lib o‘tgandi. Unda bosh rolni o‘ynagan xonanda Lola Yo‘ldosheva "‘Farhod va Shirin’da o‘zimni ijro qildim”, deb aytgandi.