Farhod va Shirin dueti keyingi konsertida “hech bo‘lmasa 50—60 foiz” qo‘shiqlarni jonli ijroda kuylashga harakat qiladi

| 2019-09-16 15:34 | Shirin Farhod | Ommabop yangiliklar

2015-yilda o‘zining dastlabki konsert dasturini taqdim etgan Farhod va Shirin musiqiy dueti keyingi konsertlarda jonli ijroda chiqish qilish niyatida. Bu haqda ular “Bekajon” gazetasiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

“Jonli ijroda konsert berish niyatimiz yo‘q emas. Faqat buning uchun juda katta mas’uliyat, katta ijodiy jamoa kerak. Buning ustida ishlayapmiz”, — dedi guruh a’zosi Farhod.

“Keyingi dasturlarimizni jonli berishga harakat qilamiz. Hech bo‘lmasa, 50—60 foiz qo‘shiqlarimizni jonli ijroda muxlislar e’tiboriga havola etamiz”, — dedi xonanda.